2022- yil 3-chorak yakuni bo‘yicha quydagi davlat statistika hisobotlarini xato va kamchiliklarsiz belgilangan muddatdan kechiktirmay stat.hisobot.uz sayti orqali eStat -4.0 dasturidan foydalangan holda elektron shaklda taqdim etishingizni so‘raymiz:
- O‘zbekiston Respublikasi Davlat statiska qo‘mitasining 2021- yil 11- oktabrdagi 10-mb son qaroriga 6-ilovasi bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy soha ob‘ektlarining qurilishi to‘g‘risidagi”gi “4-qurilish (ijtimoyi soha)”shakli choraklik hisobotini 6- oktabr sanasidan kechiktirmay.
- O‘zbekiston Respublikasi Davlat statiska qo‘mitasining 2021- yil 11- oktabrdagi 10-mb son qaroriga 34- son ilovasi bilan tasdiqlangan “Qishloq xo‘jaligi faoliyati to‘g‘risida”gi “4-qx (tashkilot) shakli” choraklik hisobotini
6- oktabr sanasidan kechiktirmay.
- O‘zbekiston Respublikasi Davlat statiska qo‘mitasining 2021- yil 11- oktabrdagi 10-mb son qaroriga 47-ilovasi bilan tasdiqlangan “mehnat hisoboti to‘g‘risida”gi” “4-mehnat shakli” choraklik hisobotini 6- oktabr sanasidan kechiktirmay.
Shuningdek, mansabdor shaxslarning davlat statistika kuzatuvini olib borish uchun zarur bo‘lgan hisobot va boshqa ma‘lumotlarni taqdim etmaslikda ifodalangan davlat statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzishi, hisobot ma‘lumotlarini buzib ko‘rsatishi yoki hisobotlarni taqdim etish muddatlarini buzishi O‘zbekiston Respublikasi Ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining
215- moddasida belgilangan javobgarlikka sabab bo‘lishi to‘g‘risida ogohlantiramiz.
Murojaat uchun telefon raqamlari: (74) 228-29-77, 224-82-48
Andijon viloyati statistika boshqarmasi