27/09/2022

 Oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi boʻlgan 27,2 mln AQSh dollari qiymatidagi 78,6 ming tonnadan ziyod meva-sabzavot eksport qilindi. Bunda 2021- yilning mos davriga nisbatan 13,2 % ga oʻsdi. Mеva-sabzavot mahsulotlarining eksporti tarkibiga qaralsa, 13,4 mln AQSh dollariga teng 48,3 ming tonna sabzavot, shuningdek, 7,6 mln AQSh dollari qiymatidagi 9,5 ming tonna meva va rezavorlar eksport qilindi.

2022- yil yanvar-avgust oylarida meva-sabzavot mahsulotlari eksporti jami eksport hajmining 3,6 % ini tashkil etdi. Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Qirg‘iz Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Turkiya va Belarus Respublikasi davlatlari hissasiga toʻgʻri kelgan.