27/09/2022

 Qurilish sohasi mamlakatimiz milliy iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan sohalardan hisoblanadi. Ushbu sohada faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning soni 2021- yil yanvar-avgust oylari bilan solishtirilganda o‘sish sur’ati 100,5 foizga oshgan. Qurilish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni ushbu sohaning quydagi yo‘nalishlari kesimida qaralganda: binolar va inshootlar qurilish yo‘nalishi 60,9 foiz ulushi tashkil etib, o‘sish sur’ati 2021- yil yanvar-avgust oylariga nisbatan 1,2 foizga ko‘paydi; fuqarolik obyektlarini qurish yo‘nalishi 9,1 foiz ulushi tashkil etib, o‘sish sur’ati 2021- yil yanvar-avgust oylariga nisbatan 1,3 foizga ko‘paygan; ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari yo‘nalishi 29,9 foiz ulushni tashkil etdib, o‘sish sur’ati 2021- yil yanvar-avgust oylariga nisbatan 0,3 foizga kamaydi.