2022- yil 15- iyul kuni boshqarmada navbatdagi “Halol mehnat — yaxshi odat, berur senga saodat” mavzusida ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi. Tadbirni boshqarma boshlig‘i N.G‘. To’xtaboyev ochib, bugungi davrda halol mehnat qilish insoniylik burchimiz ekanligini alohida ta’kidladi.
So‘ng Ma’naviy va ma’rifiy ishlar mas’ul xodimi J.To‘xtabayeva so‘z olib “Halol mehnat — yaxshi odat, berur senga saodat” mavzusida chiqish qildi. Tadbirda har bir inson tutgan kasb-hunari, bajarayotgan amallarini qalb tarozisiga solib ko‘rsagina, hayotidagi halollikning ulushini seza olishini, eng avvalo, halollikka o‘zimizni o‘zimiz o‘rgatishimiz zarurligini, muqaddas dinimiz ta‘limotlarida shar‘an harom bo‘lgan egri yo‘llar bilan dunyo orttirish man etilishini, halol mehnat sohiblari topganidan baraka ko‘rishini, xotirjam hayot kechirishi, halol mehnat qilib, mehnatimiz rohatini ko‘rishimiz haqida gapirib o‘tdi.
Tadbir so‘ngida yig‘ilish ishtirokchilari o‘rtasida halol mehnatga oid hadislar hamda hikmatli so‘lar bilan qizg‘in suhbat bo‘lib o‘tdi.
Ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo'yicha mas’ul xodim
J.To‘xtabayeva