04/07/2022

2022- yil 01- iyul kuni boshqarmada navbatdagi “Yoshlar kelajagimiz ishonchi” mavzusida ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi.

 

 

 

Tadbirni boshqarma boshlig‘i N.G‘. To’xtaboyev ochib, bugungi davrda Yangi O‘zbekiston Yoshlari davlatimiz kelajagining ishonchi ekanligi muhimligini alohida ta’kidladi.  So‘ng Ma’naviy va ma’rifiy ishlarga mas’ul xodim J.To‘xtabayeva so‘z olib  Yoshlar kelajagimiz ishonchimavzusida chiqish qildi. Tadbir davomida mamlakatimizda barcha sohalarda jadal islohotlar olib borilayotganlini, bunga yoshlarning o‘rni juda katta ekanligini, Yoshlarni madaniyat, san‘at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularning axborot texnologiyalari bo‘yicha savodxonligini oshirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta‘minlash vazifalari amalga oshirilayotganlini aytib o‘tdi.

Tadbir so‘ngida yig‘ilish ishtirokchilari o‘rtasida yoshlarimizga oid maqsad va vazilari haqida qizg‘in suhbat bo‘lib o‘tdi.

 

 

 

Axborot xizmati