27/06/2022

Joriy yilning 23-may kuni Davlat statistika qo‘mitasi xotin-qizlar kengashi raisi Z.Talipova Andijon viloyati statistika boshqarmasiga tashrif buyurib, boshqarmada faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar bilan uchrashdi va ular bilan qizg‘in suhbat olib bordi.

 

 

 

 

 

Davlat statistika qo‘mitasining 27- maydagi 40-sonli qaroriga muvofiq boshqarmada tashkil etilgan xotin-qizlar kengashi raisi va a’zolari bilan tanishib, ularga kerakli maslahat va tavsiyalar berib o‘tdi.O‘sha kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Z.Talipova kengashning maqsad va vazifalari xaqida yig‘ilish qatnashchilariga tushunchalar berib o‘tdi va xotin-qizlarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berdi.

 

 

 

 

Axborot xizmati