24/06/2022

 O‘zbekiston Respublikasining Qonuni «Aholini va hududlarni tabbiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida» 1999- yildagi qaroriga asosan joriy yilning 24- iyun kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasining ishchi xodimlari o‘rtasida «Diqqat hammaga» signali berish usuli, favqulodda vaziyatlarda aholining harakatlari» mavzusi bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

 

 

Kun tartibidagi masala yuzasidan boshqarmaning texnika xavfsizligi va fuqaro muxofazasi 2–toifali muhandisi B. Asrankulov so‘zga chiqib, o‘quv mashg‘ulot mavzusi bo‘yicha tushuntirishlar berdi. Mazkur o‘quv mashg‘uloti savol–javob tarzida ko‘tarinki ruxda o‘tkazildi.

 

 

 

Axborot xizmati