2022- yil 10- iyun kuni boshqarmada navbatdagi “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi adolat va qonun ustuvorligida” mavzusida ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi. Tadbirni boshqarma boshlig‘i birinchi o‘rinbosari F. Jololov ochib, Bugungi davrda Yangi O‘zbekiston “Inson qadri ustuvor bo‘lgan jamiyat va xalqparvar davlat” degan muhim g‘oya negizida barpo etilayotganlini alohida ta’kidladi.
So‘ng Ma’naviy va ma’rifiy ishlarga mas’ul xodim J.To‘xtabayeva so‘z olib “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi adolat va qonun ustuvorligida”mavzusida chiqish qildi. Tadbir davomida Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan maqsad va vazifalar mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligiga asoslangan demokratik huquqiy davlat barpo etishligi to‘g‘risida fikr almashildi.
Tadbir so‘ngida yig‘ilish ishtirokchilari o‘rtasida Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan maqsad va vazifalari mavzusida qizg‘in suhbat bo‘lib o‘tdi.
Axborot xizmati