2022- yilning yanvar-mart oylarida telekommunikatsiya xizmatlari hajmi 3 294,9 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021- yilga nisbatan o‘sish sur’ati 122,2 % ni tashkil etdi.
Taqqoslash uchun: 2021- yil yanvar-mart oylarida bu ko‘rsatkich 2 666,7 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘sish 11,5 % darajasida qayd etilgan.Ushbu xizmatlar bo‘yicha eng yuqori o‘sish Toshkent shahrida qayd etildi – 27,6 foiz.
Hududlar kesimida telekommunikatsiya xizmatlarining o‘sish sur’atlari:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 114,0 %
Andijon – 117,8 %
Buxoro - 116,1 %
Jizzax - 118,4 %
Qashqadaryo - 117,8 %
Navoiy - 116,0 %
Namangan - 116,8 %
Samarqand - 116,2 %
Surxondaryo - 121,1 %
Sirdaryo - 118,5 %
Toshkent - 123,4 %
Farg‘ona - 119,3 %
Xorazm - 118,1 %
Toshkent shahri - 127,6 %.
Axborot xizmati