2022- yilning aprel oyida isteʼmol sektoridagi tovarlar va xizmatlar oʻrtacha 1,5 % ga qimmatlashdi.Yillik oʻsishda isteʼmol narxlari indeksining oʻsish darajasi 10,4 % ga yetdi.2022- yilning aprel oyida narxlar va tariflar oʻsishida yetakchi oʻrinlarni oziq-ovqat mahsulotlari egallab, oy davomida ularning narxlari oʻrtacha 2,1 foizga oshdi.Shu davrda nooziq-ovqat tovarlari 1,4 % va aholiga pullik xizmatlar 0,5 foizga oshdi.
Axborot xizmati