Andijon viloyatida interv'yuerlar tomonidan uy xo‘jaliklarida o‘tkazilayotgan tanlanma kuzatuvlarni tasdiqlangan grafikka amal qilgan holda sifatli, holisona va haqqoniy o‘tkazilishini monitoring qilish maqsadida viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari M.Yusupov 2022- yil 28- aprel kuni interv'yuer A.Xasanova kuzatuv olib borayotgan Andijon tumani Rovvot MFY To‘qqizbog‘ ko‘chasi 40- uyda yashovchi fuqaro T.Usmonovaning xonadonida bo‘ldi.
Kuzatuvda uy xo‘jaligi boshlig‘i bergan ma'lumotlari qat'iy ravishda maxfiy saqlanishi, ushbu ma'lumotlar umumlashtirilgan holda aholining turmush darajasini tahlil etishda foydalanishi tushuntirildi.
Interv'yuer A.Xasanova so‘rovnomadagi har bir savolga berilgan javobni planshet qurilmasiga haqqoniy va to‘g‘ri kiritayotganligi kuzatib borildi.
Axborot xizmati