31/03/2022

 2022- yil 1- chorak hamda mart oyi yakuni oyi bo‘yicha quydagi davlat statistika hisobotlarini xato va kamchiliklarsiz belgilangan muddatdan kechiktirmay stat.hisobot.uz sayti orqali eStat -4.0 dasturidan foydalangan holda elektron shaklda taqdim etishingizni so‘raymiz:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statiska qo‘mitasining 2021- yil 11- oktabrdagi 10-mb son qarori 47- ilovasi bilan tasdiqlangan “Mehnat hisoboti to‘g‘risida”gi “4-mehnat shaklichoraklik hisobotini 6- aprel sanasidan kechiktirmay;

 

        2.  O‘zbekiston Respublikasi Davlat statiska qo‘mitasining 2021- yil 11- oktabrdagi 10-mb son qarori hamda 19-ilovasi bilan tasdiqlangan “Mahsulotlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish chora- tadbirini amalga oshirish to‘g‘risida”gi “4-sanoat                       (mahalliylashtirish) shakli” choraklik hisobotini 5- aprel sanasidan kechiktirmay;
 
  1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statiska qo‘mitasining 2021- yil 11- oktabrdagi 10-mb son qarori hamda 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Ishlab chiqaruvchilarning sanoat mahsulotlari to‘g‘risida”gi  “12-narx (sanoat) shakli” oylik hisobotini 20- aprel sanasidan kechiktirmay.

 

  1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statiska qo‘mitasining 2021- yil 5- yanvardagi 2-mb son qarori 109- son ilovasi bilan tasdiqlangan “Tashkilot va faoliyati to‘g‘risida”gi “12-korxona shakli” (oylik)ni hisobotni 5- aprel sanasidan kechiktirmay.

 

 Shuningdek, mansabdor shaxslarning davlat statistika kuzatuvini olib borish uchun zarur bo‘lgan hisobot va boshqa ma‘lumotlarni taqdim etmaslikda ifodalangan davlat statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzishi, hisobot ma‘lumotlarini buzib ko‘rsatishi yoki hisobotlarni taqdim etish muddatlarini buzishi O‘zbekiston Respublikasi Ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 215- moddasida belgilangan javobgarlikka sabab bo‘lishi to‘g‘risida ogohlantiramiz.

Murojaat uchun telefon raqamlari: (74) 228-29-77, 224-82-48

Andijon viloyati statistika boshqarmasi