28/03/2022

Joriy yilning 25- mart kuni Davlat statistika qo‘mitasi majlislar zalida 2022-yil 24- yanvarda tasdiqlangan Hayʼat ish rejasi hamda hududiy statistika organlarida kompleks va maqsadli o‘rganish reja jadvaliga asosan, Andijon viloyati statistika organlarida faoliyatni tashkil etish masalalarida o‘tkazilgan kompleks o‘rganish natijalarini muhokama qilish yuzasidan qo‘mita raisi o‘rinbosari Z. Ziyayev raisligida masofaviy tarzda sayyor Hayʼat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 

 

 

 

 

Yig‘ilishda Xalqaro hamkorlik va axborot almashuv boshqarmasi boshlig‘i O.Mamadaliyev Andijon viloyati statistika organlarida faoliyatni tashkil etish masalalarida o‘tkazilgan kompleks o‘rganish davomida aniqlangan yutuqlar va kamchiliklar yuzasidan axborot berib o‘tdi. 

 Yig‘ilishda o‘tkazilgan kompleks o‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar tanqidiy muhokama qilinib, kamchiliklarga yo‘l qo‘yib kelayotgan masʼul xodimlarga amaldagi tartibda choralar ko‘rildi.

Yig‘ilish yakunida aniqlangan xato va kamchiliklarni kelgusida takrorlanmasligi va oldini olish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berib o‘tildi.