17/03/2022

Mamlakatimizda 2023 yilda o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ko‘rish masalasi yuzasidan Davlat  statistika qo‘mitasi boshqarma boshlig‘I O.Mamadaliev, bo‘lim boshlig‘I O.Sidiqov hamda Andijon viloyati hokimligi, viloyat statistika boshqarmasi, davlat kadastrlar palatasi viloyat boshqarmasi, viloyat mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi hamda shahar va  tuman bo‘limi boshliqlari ishtirokida joriy yilning 17 mart kuni video orqali yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda aholini ro‘yxatga olishda eng muhim vazifalardan biri bo‘lgan mahalla xaritalarini uy raqamlari bilan bir xillashtirish, mahalla ko‘chalari har birini alohida rang bilan belgilash hamda aholini ro‘yxatga olish uchun yagona andoza qilib tayyor holatga keltirish yuzasidan keng muhokama o‘tkazildi.

Yig‘ilish so‘ngida tegishli tashkilotlarga xaritalarni belgilangan tartib asosida qisqa muddatlarda yakunlash yuzasidan vazifalar berildi.