2022- yil fevral oyi bo‘yicha quydagi davlat statistika hisobotlarini xato va kamchiliklarsiz belgilangan muddatdan kechiktirmay Estat.4.0 dasturi orqali elektron shaklda taqdim etishingizni so‘raymiz:
- O‘zbekiston Respublikasi Davlat statiska qo‘mitasining 2021- yil
11-oktabrdagi 10-mb son qarori 101-son ilovasi bilan tasdiqlangan “1-NNT” shakli (yillik) hisobotini 2022 yil 2 martdan kechiktirmay; - O‘zbekiston Respublikasi Davlat statiska qo‘mitasining 2021- yil
5- yanvardagi 2-mb son qarori 109- son ilovasi bilan tasdiqlangan “Tashkilot va faoliyati to‘g‘risida hisobot” “12-korxona shakli” (oylik)ni hisobot davridan keyingi oyning 5-sanasidan kechiktirmay. - O‘zbekiston Respublikasi Davlat statiska qo‘mitasining 2021- yil
11- oktabrdagi 10-mb son qarori 108/5- son ilovasi bilan tasdiqlangan “Mikrofirma va kichik korxonaning qishloq xo‘jaligi faoliyati to‘g‘risida 2021 yil uchun hisoboti” “1-kb(qx) shakli” (yillik)ni
25 fevraldan kechiktirmay;
Shuningdek, mansabdor shaxslarning davlat statistika kuzatuvini olib borish uchun zarur bo‘lgan hisobot va boshqa ma‘lumotlarni taqdim etmaslikda ifodalangan davlat statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzishi, hisobot ma‘lumotlarini buzib ko‘rsatishi yoki hisobotlarni taqdim etish muddatlarini buzishi O‘zbekiston Respublikasi Ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 215-moddasida belgilangan javobgarlikka sabab bo‘lishi to‘g‘risida ogohlantiramiz.
Murojaat uchun telefon raqamlari: (74) 228-29-77, 224-82-48
Andijon viloyati statistika boshqarmasi