2022- yil 23- fevral kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasida navbatdagi ma’naviyat soati tashkil etildi. Tadbirda“Yoshlarni axborot hurujlaridan asrashning zamonaviy usullari” mavzusida so‘z yuritildi. Tadbirni viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i v.v.b. F. Jololov ochib berdi. Tadbir davomida Dasturiy-texnik ta’minot va ma’lumotlarni saqlash markazi boshlig‘i hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlarga mas’ul xodim Z. Okboyevalar olib bordilar. Ular mavzu yuzasidan tadbir ishtirokchilariga atroflicha tushunchlar berib o‘tdilar. Internet yoshlar ongi va hissiyotlariga, tafakkur tarziga, xulq-atvorlariga ta’sir ko‘rsatishda katta imkoniyatlarga ega ekanligi, “Kimki axborotga ega bo‘lsa, u, dunyoga egalik qiladi”, degan fikr bugungi kunda barcha tomonidan e’tirof etilmoqda. Shunday ekan, bugungi kunda yoshlarda axborot olami imkoniyatlaridan oqilona foydalanish malakasini shakllantirish hayotiy-amaliy ahamiyatga ega.
Ma’viyat soatini o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad inson hayoti va faoliyatida muhim bo‘lgan ma’naviyatning o‘rni, boshqarmada ma’naviy muhitni yanada yaxshilashdan iborat ekanligi ta’kidlandi.
Tadbir so‘ngida xodimlarning qiziqtirgan savollariga batafsil javob berildi.