28/12/2021

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 21- dekabrdagi “Aholining kam ta'minlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-56-sonli qaroriga asosan, 2021 yil davomida “Temir daftar”da bo‘lgan, 18 yoshga to‘lmagan farzandlari bor hamda 18 yoshgacha bolalari uchun nogironlik nafaqasini oluvchi oilalarning har biriga 800 ming so‘mdan bir martalik moddiy yordam mablag‘lari ajratilishi belgilangan.

 

 

 

Unga ko‘ra, Sizning topshirig‘ingizga asosan, Shahrixon tumani, “Abdusamad” MFYdagi “Temir daftar”ga kiritilgan 7 ta va Pensiya jamg‘armasi orqali 28 ta, hammasi bo‘lib 35 ta oilalarga 800 ming so‘mdan (bayram tabrigi bilan birga) 28 mln. so‘m miqdoridagi moddiy yordam mablag‘lari, “Hokim yordamchi”si, MFY raisi va faollari bilan hamkorlikda o‘z egalariga yetkazilishi ta'minlandi.
Ushbu sahovat mablag‘lari, ayniqsa “Yangi yil” bayrami arafasida ajratilganligidan fuqarolar tomonidan muhtaram yurtboshimiz hamda viloyat hokimiga o‘zlarining chuqur minnatdorchiliklar bildirildi.
Amalga oshirilgan ishlar va fuqarolar tomonidan bildirilgan minnatdorchilik, shukronaliklar aks etgan videorolik hamda rasmlar OAV, ro‘znoma hamda ijtimoiy tarmoqlarda yoritilmoqda.

 

 

Axborot xizmati