Qayd etish kerakki, sanoat tarmogʻi iqtisodiy tarmoqlar ichida eng yuqori salohiyatga ega boʻlgan tarmoqlardan hisoblanadi. Shunday qilib, soʻnggi uch yil ichida milliy iqtisodiyotda faoliyat koʻrsatayotgan sanoat korxonalari sonining oʻsish surʼati 167,0 foizni tashkil etdi. Sanoat korxonalari soni jami korxona va tashkilotlarning 22,9 foiz ulushini tashkil etdi. Shundan – 96,3 foizini ishlab chiqarish sanoati (oʻtgan yilga nisbatan oʻsish 110,2 %), 1,5 foizini togʻ-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash (oʻsish 119,0 %), 0,4 foizini elektr, gaz bugʻ bilan taʼminlash va havoni konditsiyalash (71,4 % ni) va 1,8 foizini suv bilan taʼminlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yigʻish va utilizatsiya qilish (oʻsish 103,8 %) tashkil etgan.
Axborot xizmati