Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda oʻzbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 21-oktyabrdagi PF-5850-sonli hamda 2020-yil 20-oktyabrdagi “2020-2030-yillarda davlat tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6084-sonli Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga bosqichma-bosqich toʻliq oʻtishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi 61-sonli qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash maqsadida seminar tashkil etildi.
Andijon viloyati statistika boshqarmasi tomonidan Davlat statistika qo‘mitasining buyruqlari ijrosi, davlat tilida ish yuritish boʻyicha tavsiyalari asosida boshqarmada davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash holati; normativ-huquqiy hujjatlarning davlat tilida yuritilishi, hududiy statistika oraganlarida oʻquv adabiyotlar bilan taʼminlanganligi; boshqarmadagi barcha tashqi yozuvlar, shu jumladan, devoriy lavhalar, eʼlonlar, reklama va koʻrgazmali boshqa axborot matnlarining davlat tilida lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida rasmiylashtirilgani; boshqarmaning rasmiy veb-saytlari hamda bosma nashrlarining davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq yuritilishi; ommaviy axborot vositalari, internet saytlarida oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirishga qaratilgan chiqishlari; oʻtkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar o‘rganildi va zarur tavsiyalar berildi.
Axborot xizmati