30/09/2021

 Muallim - ustoz shunday mo'tabar zotki, uning nomi ham, umri ham hamisha boqiydir. Ustoz va murabbiy! Biz barchamiz yoshimiz, kasbu ko’rimizdan qatiy nazar, bu so'zlarni eshitganimizda ko'nglimizdan faqat iliq fikrlaru yorqin xotiralar o'tadi. Shu tobda ko'z o'ngimizda qo'limizga qalam tutqazib, endigina ilm olamiga etaklagan birinchi ustoz-muallim, qiynalib turganimizda masalaning tugunini echishga yordam qilgan, birgina shu amali bilan umr bo'yi yodimizda qolgan kishi gavdalanadi.

 

 

 

Qalbimizda unutilmas iz qoldirgan qadrdon maktabimiz va uning bag'rida kechgan beg'ubor yillarimizni, bizga bilim bergan, insoniylik fazilatlarini o'rgatgan mehribon o'qituvchi va murabbiylarimizni katta hurmat va ehtirom bilan eslaymiz.

 

Statistika sohasiga bizdan oldin kelgan yaqin atrofimizdagi hamkasblarimiz ham bizga ustoz hisoblanadilar!

Tugmani bosing Tinglash GSpeech