06/09/2021

Joriy yilning 6- sentabr kuni Davlat statistikasi qo‘mitasi  raisi o‘rinbosari Ikramov Agzam Anvardjonovich  Andijon viloyati statistika boshqarmasida yig‘ilish o‘tkazdi.

 

Yig‘ilish boshida Andijon viloyati statistika boshqarmasiga yangi rahbar To'xtaboyev Nodirbek G'anijonovich tayinlanganligi bilan tabrikladi.

Avval xabar berganimizdek, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro`yxatga olish tadbiri 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo`jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o`tkazilishi rejalashtirilgan.

Bajarilgan ishlar natijasi bo‘yicha xaritalardagi  aniqlangan xato va kamchiliklarini tuzatish, lozim bo‘lgan o‘zgarishlarni kiritish uchun hududiy  kadastr agentligiga topshirilib, qayta ishlab chiqildi.

Davlat statistikasi qo‘mitasi  raisi o‘rinbosari Ikramov Agzam Anvardjonovich  Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish bo‘yicha ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayoni bilan tanishib chiqmoqda. Hozirda asosiy qilanyotgan ishlar  ro‘yxatga olish markazi xizmat xonalarini tartibga keltirish, ro‘xatga olishni aholiga tushuntirish bo‘yicha bannerlar tayyorlash, ro‘yxatga olish ishlariga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda.

 

Axborot xizmati