2021– yilning yanvar– iyun yakunlariga ko‘ra,qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lar umumiy hajmining 97,4 % i dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar, 2,4 % i – o‘rmon xo‘jaligi, 0,4 % i – baliq xo‘jaligi hissasiga to‘g‘ri keladi.
2021– yilning yanvar– iyun oylarida, shahar va tumanlar kesimida qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining eng yuqori hajmi Asaka (1 375 mlrd. so‘m) va Jalaquduq (1 136mlrd. so‘m) tumanlarida qayd etildi. Aksincha kam hajmga ega hududlarga Xonobod shahri ( 61 mlrd. so‘m), Andijon shahri ( 358 mlrd. so‘m) va Ulug’nor tumanini ( 410 mlrd. so‘m) keltirib o‘tish mumkin. Viloyat ko‘rsatkichidan (103,3 %) yuqori o‘sish sur’atlari Marhamat (108,0 %) va Ulug’nor (106,2 %) tumanlarida kuzatildi. Jalaquduq (100,0 %), Baliqchi (101,3 %) Izboskan tumanida (101,5 %) , esa aksincha o‘sish sur’atlari pastligi kuzatildi.
Axborot xizmati