Davlat statistika qo’mistasidan biriktirilgan “Ro‘yxatga olishni tashkil etish va ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘limi” boshlig‘ining o‘rinbosari O.Sidiqov hamda kadastr boshqarmasi boshlig‘i va Andijon viloyati statistika boshqaramasi “Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish bo'limi” boshlig‘I L. Urinov ishtirokida amaldagi to‘planib qolgan masalalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710- son qaroriga muvofiq, aholini sinov tariqasida ro`yxatga olish tadbiri 2021- yil 1–25- noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo`jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o`tkazilishi rejalashtirilgan.
Axborot xizmati