16/07/2021

 Аholini roʼyxatga olishni oʼtkazishga koʼmaklashish boʼyicha Prezident farmoni bilan tasdiqlangan, tarkibi bir qator vazirlik va idoralardan iborat Respublika komissiyasi hamda Qoraqalpogʼiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi hududiy komissiyalar ish olib boradi. Dastlabki hisob-kitoblarga koʼra, jarayonga 150 mingdan ortiq xodimlar jalb qilinishi rejalashtirilgan. 

 

 

 

 Аholini roʼyxatga olish ishlari uchta bosqichdan iborat boʼlib, belgilangan amaliyotga kirishulgunga qadar 2020—2023 yillarni oʼz ichiga oluvchi tayyorgarlik jarayonlari olib boriladi. Qaror bilan tasdiqlangan Oʼzbekiston Respublikasida 2021 yilda sinov tariqasida aholini roʼyxatga olish Dasturiga koʼra, 2021 yilning 1—25 noyabrь kunlari Аndijon viloyatining Xoʼjaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanlarida sinov tariqasida aholini roʼyxatga olish ishlari amalga oshiriladi. Bunda aholini roʼyxatga olishni tashkil etish jarayonlari, roʼyxatga olish usullari, dasturi, savolnomalari, uslubiy qoʼllanma hamda meʼyoriy-huquqiy hujjatlari amaliy sinovdan oʼtkaziladi. Natijalar asosida aniqlanadigan xato va kamchiliklarni bartaraf etish boʼyicha zarur choralar koʼriladi.
— Tayyorgarlik jarayonidagi eng muhim masala aholi oʼrtasida roʼyxatga olishda faol ishtirok etish boʼyicha targʼibot ishlarini olib borish hisoblanadi, — dedi Qobil Berdiqulov. — Shu maqsadda Davlat statistika qoʼmitasi tomonidan tadbirning shiori va logotipi ishlab chiqilib, aholini roʼyxatga olishning rasmiy veb-sayti (aholi.stat.uz) yaratildi.

 

 

Axborot xizmati