25/06/2021

 Joriy yilning 8 iyun kuni viloyati statistika boshqarmasida navbatdagi maʼnaviyat soati tashkil etildi. Tadbirda “Bir jamoada ezgu maqsadlar sari” mavzusida soʼz yuritildi. Tadbirni viloyat statistika boshqarmasi boshligʼining oʼrinbosari X.Mirzaev ochib berdi va qisqacha gapirib oʼtdi. 

Shundan soʼng maʼnaviy va maʼrifiy ishlari boʼyicha masʼul xodim А. Isomiddinov soʼzga chiqib, Yosh avlodni maʼnaviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy madaniy-tarixiy anʼanalariga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalari ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilishini va mavzu yuzasidan batafsil fikr-mulohaza yuritib, tadbir ishtirokchilariga atroflicha tushuncha berdi.

 Seminarda shuningdek, maʼnaviyatning mazmun-mohiyati, uni shakllantiradigan asosiy omillar, maʼnaviy va moddiy hayot uygʼunligi, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng koʼlamli islohotlarning maʼnaviy mezonlari haqida, shuningdek, xodimlarning muomala madaniyati, yoshlarni kitobxonlikka qiziqtirish, sohada usta-shogird anʼanlarini joriy qilish kabi masalalarga ham batafsil toʼxtalib oʼtildi. Tadbir soʼngida xodimlarning qiziqtirgan savollariga batafsil javob berildi.
Seminardan soʼng boshqarma xodimlari oʼrtasida sportning shaxmat-shashka xamda futbol turlari boʼyicha tadbirlar oʼtkazildi.

Axborot xizmati