Joriy yilning 24- iyun kuni Andijon viloyati Bo’ston, Buloqboshi, Jalaquduq, Ulug’nor, Qo’rg’ontepa tuman statistika bo‘limlari tomonidan tumanda faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarning hisobchilari ishtirokida amaliy seminar o‘tkazildi.
Bo'ston tumanidan fotolavhalar
Buloqboshi tumanidan fotolavhalar
Jalaquduq tumanidan fotolavhalar
Ulug'nor tumanidan fotolavhalar
Qo'rg'ontepa tumanidan fotolavhalar
Seminarda “eStat 4.0 onlayn tizimidan foydalangan holda 4-Mehnat choraklik davlat statistika hisobotini taqdim etish” mavzusida xisobotlarni onlayn tarzda taqdim etish jarayoni tushuntirilib amaliy tarzda o‘rgatildi. Shuningdek seminar davomida ishtirokchilarga “Statistika tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish” mavzusi boʻyicha ham tushuntirishlar berildi.
Axborot xizmati