Seminarni Аndijon viloyati statistika boshqarmasi oʼrinbosari X.Mirzaev ochib berib, Korruptsiya jamiyatda nosogʼlom muhitni va salbiy illatlarni yuzaga keltirishi xaqida qisqacha aytib oʼtdi. Soʼng soʼzga boshqarma bosh yuriskonsulьti D.Rasulov chiqib ishtirokchilarga Korrupsiyasiz tarakkiyot sari mavzusida maʼruzasi tinglandi.
Orzular ogʼushida, umidlar ummonida har bir inson baxtli yashashni istaydi. Biroq, jamiyatimizda korruptsiya – taraqqiyot kushandasidir.
«Davlat va jamiyat rivojiga, xalqning adolatga boʼlgan ishonchiga jiddiy putur yetkazadigan xavf – korruptsiyaning oldini olish va unga qarshi keskin kurashish borasida ham aniq choralar koʼrilganini alohida taʼkidlash lozim. Mana shunday ogʼir jinoyatni sodir etgan mansabdor shaxslarning jinoiy javobgarlikka tortilgani buning yaqqol dalilidir,– dedi davlatimiz rahbari.– Korruptsiyaga qarshi kurashda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar qanchalik harakat qilmasin, xalqimiz bu jirkanch illatga murosasiz boʼlmas ekan, taʼsirchan jamoatchilik nazoratini oʼrnatmas ekan, bu baloga qarshi samarali kurashni tashkil eta olmaymiz. Bu illat bilan nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, balki har bir jamoa jiddiy kurashishi kerak. Shuning uchun har bir davlat idorasida jamoatchilik tomonidan nazorat qilinadigan korruptsiyaga qarshi kurashish boʼyicha oʼz ichki dasturlari boʼlishi shart».