Andijon viloyati statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-173 - sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida hududiy ishchi gurux komissiyasining yig‘ilishi o‘tkazildi.


Tadbirda tuman shahar statistika bo‘lim boshliqlari hamda viloyatdagi mas’ul tashkilotlar jumladan:
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi, Mahallalar uyushmasi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik, Ijtimoiy himoya agentligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oila va xotin qizlar qo‘mitasi, Soliq boshqarmasi, Davlat kadastrlar palatasi, Sog‘liqni saqlash boshqarmasi vakillari ishtirok etib, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonining tashkiliy masalalari, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar hamda hududiy ishchi guruhlarning faoliyati batafsil muhokama qilindi.



Shuningdek, Farmon ijrosini samarali tashkil etish bo'yicha, barcha bosqichlarni puxta rejalashtirish va natijadorlikka erishish zarurligi bo‘yicha topshiriqlar berildi.



