Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yil yakuniga koʻra, Andijon viloyatida faoliyat yuritayotgan barcha mutaxassisliklar boʻyicha shifokorlar soni 8,1 ming kishini tashkil etib, 2023-yilga nisbatan 0,4 ming kishiga, yaʼni 4,7 % ga kamaydi.
Andijon viloyatida faoliyat yuritayotgan shifokorlar umumiy sonidan ayollarning ulushi 49,4 % ni, erkaklarning ulushi esa 50,6 % ni tashkil etdi.




