06/10/2025

Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvar holatiga Andijon viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan muzeylar soni 7 tani tashkil etgan.

Mazkur muzeylarda saqlanayotgan asosiy fond eksponatlari soni 157,0 ming donaga yetgan.

2024-yil davomida muzeylarga tashrif buyuruvchilar soni 89,7 ming kishidan iborat bo‘lgan.

Shundan, o‘quvchi va talabalar ulushi 33,2 % ni tashkil etgan.

Muzeylarning asosiy fondini tashkil etuvchi eksponatlar turli yo‘nalishlarga mansub bo‘lib, ular quyidagicha taqsimlangan:

 Rassomlik asarlari – 571 ta;

 Grafika asarlari – 462 ta;

 Haykaltaroshlik – 53 ta;

 Amaliy san’at namunalari – 3 518 ta;

 Numizmatika (pul va tangalar) – 12 769 ta;

 Arxeologik topilmalar – 46 421 ta;

 Maishiy va etnografik buyumlar – 2 661 ta;

 Suratlar – 20 903 ta;

 Hujjatlar – 13 552 ta;

 Boshqa turdagi eksponatlar – 14 630 ta.