O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025- yil 19- sentyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida"gi PF-173-son farmoni ijrosi yuzasidan, joriy yilning 30-sentyabr kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Andijon fakultetida Aholi va qishloq xo'jaligini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha talabalar ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Suhbat jarayonida Andijon viloyatida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazishga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha qisqacha ma’lumot berib o‘tildi.







