30/09/2025

Andijon viloyati statistika boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar–avgust oylarida Andijon viloyatida 16,8 trln soʻmlik toʻqimachilik, kiyim, teri mahsulotlari mahsulotlari
ishlab chiqarilgan.

Bu koʻrsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 14,9 % ga oshgan.

Toʻqimachilik, kiyim, teri mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi umumiy sanoat ishlab chiqarishida 27,2 % ulushni tashkil etdi.

Mazkur davrda Andijon viloyatidan xorijiy mamlakatlarga qiymati qariyb 266,7 mln AQSH dollarilik toʻqimachilik mahsulotlarini eksport qilgan. Bu umumiy eksportning 38,3 foizini tashkil etgan.