Andijon viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil yanvar–avgust oylarida Andijon viloyatining tashqi savdo aylanmasi hajmi 2 553,6 mln AQSh dollarini tashkil etdi.
Mazkur davrda Andijon viloyatining tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar (AQSh dollarida):
Koreya Respublikasi – 655,0 mln
Xitoy – 604,5 mln
Qozog'iston – 230,0 mln
Rossiya – 191,9 mln
Braziliya – 91,2 mln
Qirg'iziston – 80,5 mln
Afg'oniston – 80,4 mln
Meksika – 50,7 mln
AQSh – 50,1 mln
Germaniya – 32,3 mln




