Andijon viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 1-sentyabr holatiga viloyatimizda chet el investitsiyasi ishtirokida 385 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Shundan 127 tasi qo‘shma, 258 tasi esa xorijiy korxonalardir.
Ularning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha:
− sanoat sohasida – 170 ta;
− savdo sohasida – 90 ta;
− qurilish sohasida – 37 ta;
− qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 16 ta;
− yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 11 ta;
− tashish va saqlash sohasida – 11 ta;
− axborot va aloqa sohasida – 10 ta;
− sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida – 4 ta;
− boshqa sohalarda – 36 ta.




