23/09/2025

Andijon viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 1-sentabr holatiga viloyatimizda 21 370 ta tijorat korxonalari faoliyat yuritmoqda.

Ulardan 18 430 tasi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MCHJ) bo‘lib, bu umumiy korxonalar sonining 86,2 foizini tashkil etadi.

Tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha korxonalar soni quyidagicha:

mas’uliyati cheklangan jamiyat – 18 430 ta

xususiy korxonalar – 1 591 ta

oilaviy korxonalar – 1 111 ta

aksiyadorlik jamiyati – 37 ta

boshqalar – 201 ta