31/07/2025

Joriy yilning 29- iyul kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasida 2025-yil I-yarim yillik yakunlari boʻyicha kengaytirilgan Kengash yigʻilishi oʻtkazildi.

 Yigʻilishda boshqarma rahbariyati, tarmoq bo‘lim boshliqlari hamda tuman (shahar) statistika boʻlimlari xodimlari ishtirok etdi.

Kengash yigʻilishini boshqarma boshligʻi Toʻxtaboyev Nodirbek Gʻanijonovich ochib berdi va unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining statistik tizim oldiga qoʻygan ustuvor vazifalari, shuningdek II chorak davomida amalga oshirilgan ishlar samaradorligi va yoʻl qoʻyilgan xato kamchiliklar yuzasidan axborot berildi.

Yigʻilishda PF-27-sonli Farmon — “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” hamda PQ-75-sonli Qaror — “Milliy statistika qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” hujjatlarida belgilangan vazifalar yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha batafsil ma'lumot berildi.

Tadbir tanqidiy ruhda oʻtdi, yakunida rahbarlar tomonidan II chorakda erishilgan yutuqlar tahlil qilinib, tizimdagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, natijadorlikni oshirish va belgilangan topshiriqlarni oʻz vaqtida sifatli bajarish bo‘yicha aniq yo‘nalishlar belgilab olindi va yoʻl qoʻyilgan xato kamchiliklar yuzasidan ayrim tuman (shahar) statistika boʻlimi boshliqlariga intizomiy jazo qoʻllanildi.

Axborot xizmati