O‘zbekiston Respublikasining “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 2022-yil 17-avgustdagi Qonuniga asosan, joriy yilning 22- noyabr kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasining ishchi xodimlari o‘rtasida “Muhandislik himoya inshootlarining qurilishini o‘rganish. Asosiy va yordamchi binolar, ulardagi yashash ta’minoti tizimi.” mavzusi bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.O‘quv mashg‘ulot mavzusi yuzasidan boshqarmaning Texnika xavfsizligi va fuqaro muhofazasi 2-toifali muhandisi B. Asrankulov ma’ruza qildi. O‘quv mashg‘uloti mavzusi bo‘yicha xodimlar o‘rtasida baxs va munozaralar bo‘lib o‘tdi.