07/08/2024

     2024-yilning 6-avgust kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan “Oʻzbekistonda norasmiy va yashirin iqtisodiyotni baholash natijalari” mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi.

     Matbuot anjumanida Statistika agentligi rahbari va xodimlari, Xalqaro valyuta jamgʻarmasi eksperti, respublika vazirlik va idoralari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

2_7j1a6415-06_08_2024-vavrchavach_p26142

     Matbuot anjumanida Statistika agentligi direktori Begalov Bahodir Abdusalomovich “Oʻzbekistonda norasmiy va yashirin iqtisodiyotni baholash natijalari” mavzusida taqdimot qildi.

4_7j1a6439-06_08_2024-varvpp_p20296

     Unda taʼkidlanganidek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning yangi bosqichida soʻnggi yillarda milliy statistika sohasini rivojlantirish va statistik maʼlumotlar qamrovini kengaytirish borasida tizimli islohotlar olib borilmoqda. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yilning 30-oktyabridagi 6098-sonli Farmoni va 2020-yilning 3-avgustidagi 4796-sonli Qarorining qabul qilinishi Oʻzbekistonda norasmiy va yashirin iqtisodiyotni statistik baholashni takomillashtirish orqali statistik maʼlumotlar qamrovini kengaytirish, sifati va ishonchliligini oshirish uchun muhim poydevor boʻldi.

5_7j1a6464-06_08_2024-varapsms_p20702

     Statistika agentligi tomonidan norasmiy iqtisodiyotni baholashni takomillashtirish va yashirin iqtisodiyotni baholash boʻyicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:

     birinchidan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yilning 20-iyunidagi “Oʻzbekiston Respublikasida yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 394-sonli qaroriga muvofiq, sobiq Davlat statistika qoʻmitasi tarkibida “Yashirin iqtisodiyotni statistik baholashni muvofiqlashtirish” boʻlimi tashkil etildi.

     Norasmiy va yashirin iqtisodiyot hajmi va uning makroiqtisodiy koʻrsatkichlarga taʼsirini baholashni takomillashtirish maqsadida Jahon banki va Xalqaro valyuta jamgʻarmasining texnik koʻmak missiyalari jalb etildi.

     Xaqaro ekspertlar bilan hamkorlikda hamda tegishli vazirlik va idoralarning taklif va mulohazalari asosida “Kuzatilmaydigan iqtisodiyotni statistik baholash boʻyicha uslubiy nizom” ishlab chiqildi.

6_7j1a6392-06_08_2024-kkvkvrvkarepa_p40045

   ikkinchidan, 2020-yilning avgust–sentabr oylarida Qashqadaryo viloyatida va 2021-yilning may–iyun oylarida Namangan viloyatida jismoniy va yuridik shaxslarning norasmiy va yashirin faoliyatini oʻrganish boʻyicha tanlanma statistika kuzatuvlari oʻtkazildi;

7_7j1a6453-06_08_2024-kukvoerap_p64416

    uchinchidan, 2023-yilning avgust oyida respublikamizning 165 ta tumani boʻyicha 7 mingdan ziyod uy xoʻjaliklarida transport, yashash va ovqatlanish, madaniyat, taʼlim va sogʻliqni saqlash xizmatlariga qilgan xarajatlarni oʻrganish boʻyicha maxsus tanlanma statistika kuzatuvlari oʻtkazildi.

8_7j1a6425-06_08_2024-eoonlrs_p27211

    Mazkur ikki kuzatuvlarning farqli tomoni shundan iboratki, 2020–2021-yillarda oʻtkazilgan kuzatuvlarda asosan yuridik va jismoniy shaxslarning ishlab chiqarish faoliyati kuzatilgan boʻlsa, 2023-yilning avgust oyida oʻtkazilgan kuzatuvda esa faqat uy xoʻjaliklarining xarajatlari kuzatildi.

     Shuningdek, Soliq qoʻmitasidan soliq tekshiruvlari boʻyicha  va Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligidan norasmiy bandlik boʻyicha maʼmuriy maʼlumotlar olindi hamda xorijiy tajribalar asosida tahlil qilindi.

9_7j1a6212-06_08_2024--karvpsi_p42611

     Yigʻilgan maʼlumotlar asosida 2017–2023-yillar uchun iqtisodiyot tarmoqlari va hududlar kesimida norasmiy va yashirin iqtisodiyot hajmi va uning YAIMga taʼsiri statistik baholandi.

     Hisob-kitoblar natijalariga koʻra, norasmiy iqtisodiyotda yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat hajmi 2023-yilda 26 trln soʻm qoʻshimcha aniqlik kiritgan holda baholandi hamda amaldagi 297,3 trln soʻmdan 323,3 trln soʻmga oshdi. Shundan, xizmatlar sohasida 6,7 trln soʻm,  qurilish ishlari sohasida 14,3 trln soʻm, sanoat tarmogʻida 4,9 trln soʻm qoʻshimcha baholandi.

10_7j1a6245-06_08_2024-prchvvchavchriv_p19307

     Hisob-kitoblarga koʻra, yashirin iqtisodiyotda yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat hajmi 2023-yilda 99,6 trln soʻmni tashkil etdi. Shundan, xizmatlar sohasida – 79,3 trln soʻm, qurilish ishlari sohasida – 8,1 trln soʻm, sanoat tarmogʻida – 12,3 trln soʻm qoʻshilgan qiymat hajmlari baholandi.

     Amalga oshirilgan baholash yakuni bilan Oʻzbekiston Respublikasi YAIM hajmi 2023-yilda qoʻshimcha 125,6 trln soʻmga oshdi va jami 1 192,2 trln soʻmni tashkil etdi. Shunga mos ravishda, aholi jon boshiga YAIM hajmi qoʻshimcha 3,4 mln soʻmga oshib, 32,7 mln soʻmga yetdi.

     Matbuot anjumanida Xalqaro valyuta jamgʻarmasi eksperti Levan Gogoberishvili Xalqaro valyuta jamgʻarmasining norasmiy va yashirin iqtisodiyotni baholash boʻyicha Oʻzbekistonda oʻtkazilgan texnik koʻmak missiyalari, kuzatilmaydigan iqtisodiyot, uning tarkibiy qismlari, norasmiy va yashirin iqtisodiyotni baholash boʻyicha xalqaro tavsiyalar, xorijiy davlatlar tajribalari haqida taʼkidlab oʻtdi. Shuningdek, Oʻzbekistonda norasmiy va yashirin iqtisodiyotni baholash natijalari xalqaro umumeʼtirof etilgan uslubiyot va tavsiyalar asosida amalga oshirilganini eʼtirof etdi.

11_7j1a6274-06_08_2024-avrvptapt_p88552

     Yuqoridagi statistik hisob-kitoblar Oʻzbekiston statistika tarixida ilk bor amalga oshirildi. Statistika agentligi tomonidan norasmiy va yashirin iqtisodiyotni baholash uslubiyoti, unda foydalanilgan savolnomalar, dasturiy mahsulot va statistik kuzatuvlarni oʻtkazish jarayonlari kelgusida uzluksiz takomillashtirib borilishi, norasmiy va yashirin iqtisodiyot boʻyicha dinamika qatorlarini yuritish maqsadida har besh yilda bir marta maxsus tanlanma statistika kuzatuvlari oʻtkazilishi belgilab olingan.

     Oʻtkazilgan tanlanma kuzatuvlar natijalarini asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlarda aks ettirilishi yalpi ichki mahsulot va uning tarkibiy qismlarini baholashni takomillashtirishga hamda bu orqali uning toʻliq qamrovini taʼminlashga xizmat qiladi. Bu esa oʻz navbatida, davlat boshqaruvi organlari uchun iqtisodiyotni rejalashtirish, chuqur islohotlarni amalga oshirish hamda makroiqtisodiy koʻrsatkichlarni xalqaro darajada taqqoslashlar imkonini beradi.

12_untitled-3-achtachmt_p19701