So'nggi yangiliklar

2023- yil 1- iyul holatiga umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritayotgan tijorat korxonalari soni 1 138 tani tashkil etdi. Bunda kichik korxona va mikrofirmalar 100 % ni tashkil qildi.

2023-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, Andijon viloyatida 3 ta teatr faoliyat yuritmoqda. 2022-yil mobaynida ushbu teatrlarda 589 ta spektakl namoyish etilib, ularga jami 159,5 ming tomoshabin tashrif buyurgan.

Andijon viloyatining MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 2023- yil yanvar-iyun holatiga koʻra, 611,2 mln AQSh dollarini tashkil etdi. Shundan eksport 532,5 mln AQSh dollariga yetgan boʻlsa, import 78,7 mln AQSh dollari qiymatida qayd etildi.

2023-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, savdo tarmog‘ining O‘zbekiston Respublikasi YAIMidagi ulushi 7,5 % ni tashkil etdi.

2023- yil yanvar-iyun oylarida chakana savdo xizmatlari ulushi, umumiy savdo xizmatlari hajmining qariyb to‘rtdan uch qismini, aniqrog‘i 82,1 % ini tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyun oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 604,9 tonna tikuv iplari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 3,7 % ga oshgan.

2023 yilning 1 iyul holatiga faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni 24,2 mingtani tashkil etib, o’tgan yilga nisbatan 13,4 mingtaga yoki 35,6 %ga kamaygan.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha 66 146,9 mlrd. soʻmlik nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida FHDYO organlari tomonidan Andijon viloyati boʻyicha 7 954 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasida markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan 17115,4 mlrd. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirildi va oʻtgan yilning mos davriga nisbatan  102,4 % ni tashkil etdi.

Davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 86,6 mlrd so‘m qurilish ishlari bajarildi. Nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan esa 3 331,8 mlrd so‘m qurilish ishlari bajarildi.

Bugungi kunda viloyatda 10 748 dona sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. shundan 6 019 tasi (ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar umumiy sonining 56,0 % i)

2023-yilning yanvar-iyun oylarida respublika boʻyicha jami 1 267,5 ming tonna goʻsht (tirik vaznda) yetishtirildi, ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 103,8 % ni tashkil etdi.

2023-yil 1-Avgust kuni Аndijon viloyati statistika boshqarmasi Izboskan tumani statistika bo‘limi boshlig‘i H.Rejabov tomonidan  Izboskan  tumani Daminboychek MFY da xonadonlar raqamlanish holatini hamda nomi o‘zgargan ko‘chalarga yangi nom belgilarini o‘rnatish  jarayoni o’rganildi.

2023 - yil yanvar-iyun oylarida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng baland ko‘rsatkichi – axborot va aloqa sohasi , o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish darajasi 207,7 % ni tashkil etdi.

2023-yil 1-Avgust kuni Аndijon viloyati statistika boshqarmasi Jalaquduq tumani statistika bo‘limi mas'ul xodimi tomonidan  Jalaquduq  tumani Dehqonobod MFY da xonadonlar raqamlanish holatini hamda nomi o‘zgargan ko‘chalarga yangi nom belgilarini o‘rnatish  jarayoni o’rganildi.

2023- yil 1- aprel holatiga ko‘ra, viloyatda doimiy aholisi sonining 32,5 % i mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar, 56,2 % i mehnatga layoqatli yoshdagilar va 11,3 % i mehnatga layoqatli yoshdan kattalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

2023-yil 1-Avgust kuni Аndijon viloyati statistika boshqarmasi Ro’yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi bosh mutaxassisi B.Izbosarov va Andijon shaxar statistika bo‘limi bosh mutaxassisi S.Axunov tomonidan