22/09/2023

2023-yil 22-sentabr kuni Statistika agentligida mas’ul xodimlar uchun Pragada YeXHTning Iqtisodiy va ekologik mezoni bo‘yicha “Barqaror rivojlanish va barqaror va inklyuziv iqtisodiy o‘sishga erishish orqali YeXHT hududida xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash” mavzusidagi forumda agentlik vakilining ishtiroki natijalari bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

Seminarda ta’kidlanganidek, forumning asosiy mavzulari quyidagilar bo‘ldi:

- barqaror va iqlimga chidamli rivojlanish, iqlim o‘zgarishiga qarshi birgalikda kurashish bo‘yicha hamkorlikni oshirish;

- YeXHT hududida iqtisodiy barqarorlikni oshirish, boshqaruvni rivojlantirish va korrupsiyaning oldini olishda yangi texnologiyalarning roli;

- tabiiy yoki inson tomonidan yaratilgan ofatlardan kelib chiqadigan zararlarning oldini olish va kamaytirishda tabiiy ofatlar xavfini boshqarish mezonlarini hal qilishning ahamiyati, hamkorlik va birgalikdagi harakatlarni rivojlantirish;

- barqaror rivojlanish, oziq-ovqat xavfsizligi, savdo va transport.

Ushbu forumda “O‘zbekistonda ochiq ma’lumotlarni rivojlantirish” mavzusidagi prezentatsiya taqdim etildi.

Seminarda aytib o‘tilganidek, O‘zbekistonning so‘nggi yillarda ochiq ma’lumotlar sohasida erishgan yutuqlari forum ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech