Faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari soni 2023-yil 1-sentabr holatiga 24 278 taga yetib, 2019-yilning mos davriga nisbatan 92,8 foizni tashkil etdi. Ularning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi (umumiy sonidagi ulushi) quyidagicha bo‘ldi: savdo – 37,2 %, sanoat – 22,4 %, qurilish – 8,5 %, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 7,2 %, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 5,0 %, tashish va saqlash – 3,9 %, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 3,6 %, axborot va aloqa – 1,7 %, boshqa turlari – 10,5 %.