31/07/2025

2025- yilning 1-iyul holatiga Bo'ston tumanida 1 784 ta korxona va tashkilot roʻyxatga olingan boʻlib, shundan 925 tasi (51,8 %i) faoliyat yuritgan.

Faoliyat koʻrsatayotgan korxonalarning 734 tasini (79,3 %i) kichik biznes subyektlari tashkil qilgan.

Shundan iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tahlil qilinganida:

Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida – 90 ta

Sanoatda – 120 ta

Qurilishda - 92 ta

Savdoda – 288 ta

Tashish va saqlashda – 45 ta

Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 22 ta

Axborot va aloqa – 9 ta

Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 14 ta

Boshqa turdagi xizmatlar – 245 taga to‘g‘ri keldi.