So'nggi yangiliklar

2024-yilning yanvar-sentabr oylarida Andijon viloyatida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 3 504 tani tashkil etdi.

Oʻzbekiston 2024-yilning yanvar-avgust oylarida xorijdan qiymati 912 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 48 055 dona yengil avtomobil import qilgan.

2024-yilning yanvar-sentabr oylarida o‘tkazilgan uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan O‘zbekiston Respublikasida 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan sovutgich va muzlatgichlar soni o‘rtacha 118 tani tashkil etgan.  

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024- yil 4- martdagi PQ-114-son qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, joriy yilning avgust oyida Statistika agentligi markaziy apparatida “Central Asia Certification” sertifikatlash tashkilotining xalqaro auditorlari tomonidan Agentlik faoliyatining xalqaro standartlarga muvofiqligi yuzasidan xalqaro sertifikatlash auditi oʻtkazildi.

Respublikamizda 2024- yil 1- oktabr holatiga tashish va saqlash sohasida roʻyxatdan oʻtgan korxona va tashkilotlar soni 25 479 tani tashkil etgan.

Joriy yilning 15-oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomi nazorati boʻlimi xodimlari uchun murojaatlar bilan ishlash va ijro intizomi nazorati tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

2024-yil 1-oktabr holatiga viloyatda faoliyat ko'rsatayotgan korxona va tashkilotlarning soni fermer va dehqon xo'jaliklaridan tashqari 28 534 tani tashkil etdi.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Viloyat bo‘yicha 2024-yilning yanvar-avgust oylarida uyushmagan savdo tovar aylanmasi 2 403,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Andijon viloyatida 2024-yilning yanvar-avgust oylarida ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar hajmi 390,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Andijon viloyatida 2024-yilning yanvar-avgust oylari yakunlariga ko‘ra, rezina va plastmassa buyumlar ishlab chiqarish hajmi 365,7 mlrd. so‘mni tashkil qildi. 

Oʻzbekistonda 2024-yilning yanvar-avgust oylarida yirik korxonalar tomonidan 95 tonna tvorog va tvorog mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2024 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasida 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan elektr changyutgichlar soni o‘rtacha 75 tani tashkil etdi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning yanvar–iyun oylarida respublikamizdagi dehqon va tomorqa xo‘jaliklari tomonidan 421,7 ming tonna don va dukkakli don ekinlari yetishtirilgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, xizmatlar sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 260,2 trln so‘mni tashkil etgan.

Andijon viloyatida 2024-yilning 1-oktabr holatiga, reklama faoliyati va bozor konyunkturasini o‘rganish sohasida 42 ta tadbirkorlik subyektlari faoliyat yuritmoqda.

Oʻzbekistonda 2024-yilning yanvar-avgust oylarida yirik korxonalar tomonidan 9 391,7 tonna makaron mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Statistika agentligining 2024-yilning yanvar-sentabr oylarida o‘tkazilgan uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, O‘zbekiston Respublikasida 100 ta uy xo‘jaligiga o‘rtacha 57 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelmoqda.