Joriy yilning 17-oktabr kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi hududiy shahar-tuman bo’limi xodimlari uchun “Statistika sohasida korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik” mavzusida seminar tashkil etildi.
Ushbu seminarda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati bosh mutaxassisi B.N.Melikmurotov hamda Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari D.Yangiyevlar ishtirok etishdi.
Jumladan, Ozbekiston Respublikasining "Manfaatlar to'qnashuvi to'g'risida"gi Qonuni talablari va korrupsiyaning o'zi nima ekanligi, uning salbiy ko'rinishlari hamda ushbu illatning kelajak avlodga zararli oqibatlarini shuningdek, korrupsiya bilan kurashishda xodimlar doimo o'zining munosabatlarini ko'rsatishlari lozimligini ta’kidlab o‘tdi.