So'nggi yangiliklar

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Andijon viloyatining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi 517,0 mln. AQSh dollarini tashkil etdi.

Oʻzbekiston 2024-yilning yanvar-iyun oylarida xorijiy davlatlarga qiymati 30,5 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 34 ming tonna pomidor eksport qilgan.

2024-yilning 1-iyul holatiga koʻra, axborot va aloqa asosiy faoliyati bilan  shugʻullanuvchi korxona va tashkilotlar soni 9 999 birlikka yetgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, o‘rtacha almashuv kursi bo‘yicha hisoblangan nominal yalpi ichki mahsulot hajmi 45 147,2 mln AQSH dollarini tashkil etgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, avtotransport vositalari, treyler va yarim tirkamalar ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoatdagi ulushi 67,4 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning 19-avgust kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘I o‘rinbosari D.Yangiyev va Buloqboshi tumani statistika bo‘limi boshlig‘i M.Rayimqulov bilan birgalikda Buloqboshi tumanida bozor xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.

Oʻzbekistonda 2024-yilning yanvar-iyun oylarida yirik korxonalar tomonidan 887,3 tonna alyuminiy simlar ishlab chiqarilgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston xorijiy davlatdan qiymati 28,5 mln AQSH dollariga 11,6 ming tonna shokolad va shokolad mahsulotlarini import qilgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida axborot va aloqa tarmog‘ining mamlakat iqtisodiyotidagi ulushi 2,6 % ni tashkil etgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida avtomobil transporti xizmatlari boʻyicha Namangan (117,1 %), Sirdaryo (116,9 %), Andijon (114 %), Navoiy (113,6 %) va Toshkent (112,5 %) viloyatlarida, shuningdek,  Qoraqalpogʻiston  Respublikasida (115,1 %) nisbatan yuqori oʻsish surʼatlari kuzatilgan.

Andijon viloyatida 2024-yilning 1-iyul holatiga koʻra, moliya va sugʻurta sohasida 144  ta tadbirkorlik subyektlari faoliyat koʻrsatmoqda.

Joriy yilning 16-avgust kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari M.Yusupov va Izboskan tumani statistika bo‘limi bosh mutaxassisi Sh.Begmatov bilan birgalikda kuzatuv o‘tkazildi.

Joriy yilning 16-avgust kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida huquqiy ta’lim bo‘yicha o‘quv soati tashkil etildi.

Aholini ro‘yxatga olish-bu mamlakat aholisini muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqiyosidagi keng ko‘lamli tadbir bo‘lib, aholi to‘g‘risidagi ishonchli axborot manbai hisoblanadi.

Oʻzbekistonda 2024-yilning yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining koʻrsatilgan xizmatlari hajmi 125 trln soʻmni  tashkil etgan.

Oʻzbekistonda 2024-yilning yanvar-iyun oylarida yirik korxonalar tomonidan 4 424,8 ming dona bamperlar va ularning qismlari ishlab chiqarilgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, aholining umumiy daromadlari tarkibida mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlari ulushi 30,7 % ni tashkil etgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston xorijga qiymati 28,6 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 37 ming tonna mosh eksport qilgan.