So'nggi yangiliklar

2023-yilning yanvar oyida yangi tashkil etilgan sanoat korxonalari soni  723 tani tashkil etgan bo‘lib, so‘nggi yillarning mos davrida  ular sonining o‘zgarishi quyidagiсha bo‘ldi:

Transport xizmatlari boʻyicha eng katta ulush avtomobil transportida yuk va yoʻlovchilarni tashish boʻyicha xizmatlarga toʻgʻri keladi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar oyida jami yirik korxonalar tomonidan 138 dona yuk avtomobillari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 2,2 martaga oshgan.

2023- yil 1- fevral holatiga koʻra faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlarning salmoqli qismi - 37 699 tasi yoki 87,7 foizi tadbirkorlik subyektlari hissasiga toʻgʻri kelib, oʻsish surʼatlari oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 104,6 foizni tashkil etdi.

2023- yil yanvar oyida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 308 tani tashkil etdi. Oʻtgan yilning shu davriga nisbatan bu koʻrsatkich 486 taga kamaydi va 38,8 foizni tashkil etdi.

2023- yil yanvar oylarida chakana savdo xizmatlari ulushi, umumiy savdo xizmatlari hajmining qariyb to‘rtdan uch qismini, aniqrog‘i 82,6 % ini tashkil etdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023- yil yanvar oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 1 477,2 mlrd. so‘mga yetdi. Taqqoslama ekvivalentda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 100,9 % ni tashkil etdi.

Andijon viloyatining MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 2022- yil yanvar-dekabr holatiga koʻra 1 449,5 mln AQSh dollarini tashkil etdi. Shundan eksport 1 115,1 mln AQSh dollariga yetgan boʻlsa, import 334,4 mln AQSh dollari qiymatida qayd etildi.

Haftaning har juma kuni Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va shuningdek, barcha shahar va tumanlar hokimliklari xodimlari uchun siyosiy maʼrifat soati tashkil etilmoqda.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2022- yilda qayd etilgan nikohlar soni 296,7 ming nafarni tashkil etgan. Shundan 50 yosh va undan katta yoshdagilar oʻrtasida qayd etilgan nikohlar soni quyidagicha:

Ayollar – 1625 nafar

Erkaklar – 6225 nafar

Respublikamizda 2023-yilning yanvar oyida tashish va saqlash sohasidagi yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 312 ta bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 103,3 foizni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar oyida jami yirik korxonalar tomonidan 22 dona avtobus ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 22,0 martaga oshgan.

2022- yil yakunlariga ko‘ra, sanoat tarmog‘i qo‘shilgan qiymatida 5,2 % ga o‘sish kuzatilgan. Ushbu tarmoqdagi ijobiy dinamika, asosan ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatning 5,3 % ga o‘sishi hisobiga ta’minlandi.

2023-yil yanvar oyida moliyaviy xizmatlar hajmi 1 431,2 mlrd. soʻmga oshib, 7 656,9 mlrd. soʻmga yetdi. Jami bozor xizmatlari hajmidagi ulushi 25,3 % ni tashkil etdi.

O‘zbekiston  Respublikasida 2022- yil yanvar-dekabrida avtomobil transportida yuk tashish 588,1 mln.tni tashkil qildi, shundan eng ko‘pi   kichik korxona va mikrofirmalar -  388,9  mln.t  hissasiga to‘gri kelgan.

2023-yil 1-fevral  holatiga  respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 14 968 ta bo‘lib, 2019- yilning mos davri bilan solishtirilganda ikki barobarga oshgan. Ular sonining so‘ngi yillar kesimidagi o‘sish dinamikasi esa quyidagicha:

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar oyida jami yirik korxonalar tomonidan 88,3 ming dona qoʻrgʻoshinli akkumulyatorlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 2,3 martaga oshgan.

2022- yil yakunlariga ko‘ra, Andijon viloyatida aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot hajmi 16 564 ming so‘mni tashkil etdi va 2021- yilga nisbatan 6,4 % ga o‘sdi. 2018- yil bilan solishtirilganda Andijon viloyatining aholi jon boshiga YAHM o‘sish sur’ati 114,3 % ni tashkil etdi.