So'nggi yangiliklar

2022- yilda  Toshkent shahrida kichik tadbirkorlikda sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 38904,8 milliard so‘mni tashkil etdi. So‘nggi uch yilda Toshkent shahrida kichik tadbirkorlik subyektlarining  sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmining ijobiy o‘sish dinamikasini kuzatamiz. 2022-yilda bu ko‘rsatkich 2020- yilga nisbatan 155,0 %ga ko‘payganini ko‘rishimiz mumkin.

Joriy yilning fevral oyida oʻsimlik yogʻlari narxida pasayish kuzatildi. Respublika boʻyicha ularning narxlari oʻrtacha 1,6 % ga, shu jumladan, paxta yogʻi 1,9 % ga, kungaboqar yogʻi 1,3 % ga arzonlashdi.

Joriy yilning yanvar oyi natijalariga koʻra, huquq va buxgalterlik hisobi sohasida koʻrsatilgan xizmatlar hajmi 91,5 mlrd. soʻmni tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 145,6 % ni tashkil etdi.

2022-yilning yanvar-dekabr oylarida Andijon viloyatida bo‘yicha jami 2131,2 mlrd. so‘m asosiy kapitalga xorijiy investitsilar o‘zlashtirildi. Ularning tarkibida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar 2052,5 mlrd. so‘mni yoki jamiga nisbatan 96,3 % ni tashkil etdi. Qolgan 78,7 mlrd. so‘m yoki 3,7 % i boshqa xorijiy investitsiyalar hisobidan o‘zlashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilda  kichik tadbirkorlik subyektlarining tovar va xizmatlar import hajmi 15,2 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi. So‘nggi 5 yilning dinamikasiga ko‘ra kichik tadbirkorlik subyektlarining import hajmi 2022- yilda 2017- yilga nisbatan 1,4 martaga o‘sganligini ko‘rishimiz mumkin.

Joriy yilning fevral oyida goʻsht narxida pasayish kuzatildi. Oy davomida mol goʻshti 0,5-1,2 % atrofida, qoʻy goʻshti 0,7 % ga arzonlashdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar oyida jami yirik korxonalar tomonidan 31,3 ming dona avtomobil kuzovlari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 3,5-martaga oshgan.

2023-yilning 1-mart holatiga respublikamizda 13 161 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar faoliyat yuritmoqda. Ularning soni jihatidan eng ko‘p miqdori quyidagi davlatlarga to‘g‘ri keldi:

Bo‘ston tumanida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan yuqori o‘sish sur’atlari ta’lim xizmatlar (131,6 %), aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (128,3 %), boshqa sohasidagi xizmatlar (119,5 %), moliyaviy xizmatlar (118,7 %)da qayd etildi.

2023- yil 1-yanvar holatiga ko‘ra ro‘yxatga olingan kichik biznes sub’ektlari soni 2350 tani tashkil etib, shundan 2227 tasi faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, 2022- yil yanvar-dekabr oylarida yangi tashkil etilgan kichik biznes sub’ektlari soni 584 tani tashkil etadi. O‘z navbatida faoliyatini tugatgan kichik biznes sub’ektlari soni 153 tani tashkil etmoqda.

2022- yil yanvar-dekabr oylarida tuman bo‘yicha aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 7874,6 ming so‘mni va sur’ati o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 98,7 % ni tashkil etdi.

Aholi jon boshiga xalq iste’moli tovarlarini ishlab chiqarish hajmi 4760,9 ming so‘mni va o‘sish sur’ati o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 174,7 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 10 698,4 mlrd. so‘mni yoki 2021- yilning shu davriga nisbatan 102,5 foizni tashkil qildi. Ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida chorvachilik mahsulotlarining ulushi 45,2 fozni tashkil etdi.

Dastlabki ma’lumotlarga asosan 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida Andijon tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari tomonidan 1083,6 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan fizik hajm indeksi 102,6 foizni tashkil etdi.

Joriy yilning fevral oyida elektr lampochkalari narxida pasayish kuzatildi. Oy davomida ularning narxi 1,4 % ga pasaydi.

2023-yilning 1- mart holatiga respublikamizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni  77 954 ta bo‘lib, ular jami faoliyat yuritayotgan korxonalarning 16,0 foiz ulushini tashkil etdi. Shundan kichik biznes subyektlariga tegishli soni 77 068 tadir.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar oyida jami yirik korxonalar tomonidan 30 dona lift va skipli koʻtargichlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 3,0-martaga oshgan.

2022- yilda Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy faol aholisi soni 15 071,3 ming kishini tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan taqqoslanganda 90,6 ming kishiga koʻpaygan.

2023- yil 14- mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida sanoat statistikasi bo‘yicha tashkil etiladigan kuzatuvlarni tizimli o‘tkazish va berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida videokonferensiya o‘tkazildi.