01/11/2024

     Joriy yilning 1-noyabr kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida huquqiy ta’lim bo‘yicha o‘quv soati tashkil etildi. Tadbirda Andijon viloyati statistika boshqarmasining bosh yuriskonsulti S.To‘xtasinov O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 21-oktabrdagi “Tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan hisobotlarni davlat organlariga taqdim etish jarayonlari soddalashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 24110-moddasiga oʻzgartirish kiritish haqidagi O‘RQ-979-sonli Qonunining mazmun–mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan ma’ruza qildi:

     Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga Tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistika ma’lumotlarining yagona ro‘yхatiga kiritilmagan hisobotlarni tadbirkorlik subyektlaridan talab qilib olganlik uchun javobgarlik belgilanishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish kiritilmoqda.

     Tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistika ma’lumotlarining yagona ro‘yхatiga kiritilmagan statistika, moliya, soliq hisobotini, хuddi shuningdek mazkur yagona ro‘yхatga kiritilgan hisobotni taqdim etishning belgilangan muddatlari va tartibiga zid ravishda talab qilib olish bazaviy hisoblah miqdorining 20 baravaridan 40 baravarigacha miqdorda jarima qoʻllashga, shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa, bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravaridan oltmish baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.sabab boʻladi.

     Shuningdek, yig‘ilishda  O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi axborot-izlash tizimi (LexUZ tizimi) haqida ham ma’lumotlar berilib, ushbu tizim normativ-huquqiy hujjatlarni oson hamda qulay shaklda izlash va ular bilan tanishish imkonini berishi ta’kidlandi.  LexUZ tizimining maqsadi – yuridik va jismoniy shaxslarning me’yoriy-huquqiy hujjatlardan keng foydalanishini ta’minlash orqali aholining huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatni huquqiy axborotlar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirishdir. Xodimlarga ushbu tizim bo‘yicha tushuntirishlar berilib, uning imkoniyatlaridan keng foydalanish tavsiya etildi.