21/04/2022

  Inson kamol topib, jamiyatga foydasi tegadigan shaxs bo‘lib yetishishi bir qator omillarga bevosita bog‘liq hisoblanadi. Masalan, uning nasl-nasabi, dunyoga kelgan oilasidagi muhit, o‘qish-yozishni o‘rgangan dargohida ta'lim-tarbiyaga bo‘lgan munosabat, do‘st-u birodarlarining fazilatlari, hamkasblari bilan aloqalari va hokazo. Bu ro‘yxatni yana uzoq davom ettirish mumkin. Ammo insonga kitob deb atalmish bir buyuk ne'mat in'om etilganki, uning ahamiyatini boshqa biror narsa bilan qiyoslab bo‘lmaydi.

 

Kitob – insonning eng yaqin do‘sti va maslahatchisi va bilim manbaidir. Kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai bo‘lgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, mo‘'tabar va muqaddas deb hisoblagan. Shuning uchun kitobga muhabbat, uni qadrlash, o‘qishga ishtiyoq xalqimizning qon-qoniga singib ketgan.

 Insonni o‘qimishli, ziyoli ekanligini uning bir og‘iz so‘zidan ham bilib olish mumkin. Kitob mutolaasi dunyoqarashni kengaytiradi. Yaxshi kitob o‘qigan sari kishida hayotga o‘zgacha bir nazar bilan qarash boshlanadi. Muxtasar qilib aytganda, kitob insonni barkamol shaxs sifatida shakllanishida muhim ahamiyatga ega.

 

 

 

 Shu munosabat bilan, Andijon viloyati statistika boshqarmasida "Kitobxonlik madaniyatini oshirish" tadbirlari o‘tkazildi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad esa xodimlar orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, ularning ma'naviy dunyosini yuksaltirish, bilim va tafakkurini oshirishdir.

 

 

 

Axborot xizmati