03/07/2026

Andijon viloyati statistika boshqarmasida huquqiy ta’lim bo‘yicha o‘quv soati tashkil etildi.


          Joriy yilning 3-iyul kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida huquqiy ta’lim bo‘yicha o‘quv soati tashkil etildi. Tadbirda boshqarma bosh yuriskonsulti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 17.04.2026-yildagi “Tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarni cheklash va nazorat tadbirlarining shaffofligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-63-sonli Farmonining mazmun–mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan ma’ruza qildi:
         Hujjat bilan 2026 yil 1 iyuldan boshlab quyidagi imkoniyatlarni taqdim etuvchi «Yagona davlat nazorati» AT va uning mobil ilovasini ishga tushirish ko‘zda tutilgan:
-        tuman (shahar) hokimi, mahalla raisi, hokim yordamchisi, profilaktika inspektori va soliq inspektori to‘g‘risida ma’lumot olish hamda ularga murojaat qilish (chat formatida);
-        o‘tkazilgan tekshiruvlar va muloqotlar natijalari bo‘yicha davlat xizmatchisining harakatlariga baho berish;
-        tekshiruv o‘tkazish huquqiga ega bo‘lmagan nazoratchi to‘g‘risida tadbirkorni xabardor qilish (ogohlantirish);
-        tekshiruv o‘tkazish uchun maxsus guvohnomalarning elektron shaklini yuritish;
-        tekshiruvlarga rioya etmaslik holatlarini avtomatik tarzda aniqlash;
-        tekshiruvlarni tadbirkorlik sub’ektining maxsus QR-kodi yoxud JShShIR orqali ro‘yxatdan o‘tkazish;
-        davlat organlari mansabdor shaxslarining kutilayotgan ommaviy qabullari to‘g‘risida xabardor qilish.
2026 yil 1 iyuldan boshlab tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vaqtida bir yo‘la kompozit tartibda «Yagona davlat nazorati» ATda ularning shaxsiy kabineti ham avtomatik tarzda ochiladi.


         Tadbir so‘nggida joriy yilning o‘tgan davrida boshqarma tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olishga qaratilgan ishlarning holati to‘g‘risidagi axborot tinglandi.

 

 

Aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish tadbiri boshlanishiga:

00
Kun
00
Soat
00
Daqiqa
00
Soniya